Begona telefonga adashib pul tashavorish
Assalomu alaykum! Men paynetda ishlayman. Yaqinda bir inson kelib o‘z telefon raqamiga 50,000 so‘m tashamoqchi bo‘lib, nomerini aytdi va kattakon monitor-ekranda tekshirib to‘g‘ri terdingiz dedi. Shundan so‘ng men 50,000ni jo‘natdim. Oradan 2 minut o‘tib qaytib kelib, boshqa nomerga tushibdi deya yana boshka nomerni aytib shunga tashaysiz, bo‘masa men sizni u qilaman bu qilaman deya qo‘rqitib, yana boshqa nomerga 50,000 tashattirdi va pulni bermasdan ketvordi. Shunda men yana 50,000ga yo‘q joydan tushganim uchun birinchi adashilgan nomerga telefon qilib, sizni nomerizga adashib pul tashavorimmiz, agar imkon qadar ilojisi bo‘lsa mening shaxsiy raqamimga tashab bering iltimos desam, u “adashgan men emas, sen, menga sening haqqing o‘tgani yo‘q, xato qilmasdan ishlagin edi, endi maza qilib bir oy telefonimga pul tashamiy ishlataman deb kuldi. Men unga “aka birovni haqqi buyurmidiku” desam, u : san xato qilding men emas, men sendan qarz so‘ramaganman, shuning uchun sening pulinga ham tepada ollox oldida javob bermiyman dedi. Mening ish soxamda bunday xatoliklar ko‘p bo‘lib turadi, lekin shu paytgacha bunday insonlar bilan gaplashmagandim. Ko‘pchilik indamay pul tashab berishardi. Bu insonni gapidan keyin o‘ylanib qoldim, balki u haqdir deya. Xato qilgan menku, lekin mening cho‘ntagimdan uning telefoniga pul tushgan. Hech tushuna olmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U odam noto‘g‘ri gapiribdi. Birovning mulki adashib boshqa birovning uyiga tushib qolsa olishga haqqi yo‘q degani emas. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U odam noto‘g‘ri gapiribdi. Birovning mulki adashib boshqa birovning uyiga tushib qolsa olishga haqqi yo‘q degani emas. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom