Tushlar ta’biri
Assalomu alaykum! Men tushlarimda ko‘p marotaba iymonimni sinalayotganini, davlat boshliqlarini va shunga o‘xshash tushlarni ko‘raman. Mana kechaginda Uhud jangida qatnashibman. Tushga nimalar kirmaydi deysiz ha, to‘g‘ri. Ko‘p tushlar haqidagi savollar «Biz tush ta’biriga mohir emasmiz» javobi bilan tugagan. Men tushlarimni ta’birini so‘ramoqchimasman. Lekin shunday kitob bormikin tush tabiri aniq yozilgan? Shu borada yordam so‘rayotgandim. Shunday kitob bormi? Zora shu savolimning javobini o‘qib tush haqida savollar berish niyatidagilar o‘z javoblarini topishsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tushni ta’bir qilish alohida bir fan bo‘lib, bu ham ta’bir qiluvchi ulamolar orqali shogird tushib o‘rganiladigan ilmdir. Kitobga qarab ta’bir qilish ko‘p o‘rinlarda to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki mashhur tush ta’bir qiluvchi Muhammad ibn Sirin rahmatullohi alayh bir xil tush ko‘rgan bir necha shaxsga bir necha xil ta’bir aytganlar. Hatto ta’bir qiluvchining ta’bir qilishdagi niyati, Alloh taologa bo‘lgan taqvosi va oyat hadislarni bilishi ham katta ahamiyatga egadir. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 218 | Dolzarb savollar