Qaytarma, issiq-sovuq qiladiganlar

Assalomu alaykum! Bir barodarim, yakin akam juda yaxshi inson edilar, musofir yurtga borib Ota onalariga nisbatan muomilalari o‘zgarib qolgan edi, shu xolatida bir rus ayoli bilan birikishib qolib sal qoldiki ukalaridan Ota onasidan vos kechishiga sal qolgan edi. Chunki shu insonni ukasi Ota onasi "bor akangdan xabar ol" deganlarida borib xabar olsa yaxshi yuribti, yashashi yaxshi ammo Ota onasiga bir sum pul jo‘natmaydi. Va xolanki ikki Kun ukasi mexmon bulgandan keyin aka ukasini zurlig (kuch) bilan kuchaga xaydaydi, shu xolatida ukani shu akasidan boshka xech Kimi yuk bulgan usha musofir yulda. Va xolangki alxamdulillax ukasi namozxon yaxshi inson buladi, ammo akasi dinimizdan umuman xabari yuk, ichadi va boshka ishlarni kilar edi. Xullas maksad bunga ba’zi bir domilalar aytishdiki, bu insonni kaytarma kilish kerey, oldini sovutib kuygan, ukitish kerey deyishgandan keyin va xolangki bir insonni oldiga borishmni tavsiya berishdi. Shunda bordim u inson xam baraka topsin) 500$ dedi bir kaytarma kilishni uzi. Ukasi namozxon kalbida Allohdan uzga ilox yuk ishonma dedi imoni, ammo kuziga Ota onasining yiglagani kelgani uchun shu 500 dollar pul million dollar bulsa xam kuziga kurinmaydi, ammo ba bolada (ukasida) bir ting puli yuk, uzi student (talaba) eb ichishi, kvarplatasi va ukishini pulini uzi tulaydigan bolada bunday pul yuk edi. Shunda dokumentga atab 100 dollar ajratib kuygan puli bor edi. Shunda shu inson shu xolatida 100 dollarni Beriyu kolganini ma’lum vakdan keyin berishga kelishadi va shu 500 dollarga kaytarma kildiradi. Kaytarmada suv, arabchada bir nimalar yozilgan kogazcha, shakar aralashgan kum berdi. Xullas bu ishdan bola pushaymonda nimagaki astaxfurillax shu kaerdagi folbinga ishonib, Allohga ishonmadimni degan savol xali xamon kiynamokda. Xullas savolim shundan iboratki manashu yukoridagi "Namanganlik ayol" musofir yurtda bizdaka musofirlardan bir kaytarmaga shuncha pul olishga xakki bormi? Va shu pulni (500$) ni 300$ ni berdi kolganini bera olmayapti, uzi bunaka insonlarga berish kerey mas, ammo bu bolani vijdoni va va’dasi bor shunga bereman deyapti. Shuni berishi joismi? "Bermasang kiematda olaman deydi" folbin opa!) Shunga nima deb maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bermasin. Bundaylar oldiga borgani uchun tavba qilishi shart. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 168 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar