Avlod
Assalomu alaykum! Hurmatli Shayx Hazratlarini davomchilari, bizni uyda o‘zimizning shajaramiz bor. Manimcha 36 ta Islom arboblari tasdiqlagan kitob. Unda yozilishicha bizning ajdodning tarqalishi Hazrati Ali roziyallohu anhuga borib taqalarkan. Savolim shundan iboratki, Hazrati Ali roziyallohu anhuning Maryam ismli ayollari bormi va ulardan Hanafi degan farzand dunyoga kelganmi? Ularning hayotlari qanday kechgan? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ali roziyallohu anhuning Banu Hanifa qabilasidan bo‘lgan Havla binti Ja’far ismli ayoli bo‘lib, undan Muhammad ibn Hanafiya ismli o‘g‘illari bo‘lgan. Maryam ismli ayollari bo‘lgani haqida ma’lumotimiz yo‘q. Hazrati Ali roziyallohu anhuning 14ta o‘g‘il va 17 qizlari bo‘lgani zikr qilingan. Ulardan Hasan, Husayn, Zaynab, Ummu Kulsum nomli farzandlari Fotimai Zahro roziyallohu anhodan tug‘ilganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:54 | Savol-javoblar | 154 | Siyrat va tarix