Hijobsiz vafot etgan ayol

Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, izlash hizmatidan topa olmadim. Ayol kishi 5 vaqt namozini ado etib yursayu ammo avratini yopmagan holatda vafot etsa qabrda holati qanday bo‘ladi? Farz amallarni bajarmay va hijobsiz vafot etib qolsa u ayollarning qabrda holati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kimning oqibati nima bo‘lishini bilmaymiz. Alloh taolo Qur’oni karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida farz ibodatlarini ado qilganlarga qanchalar ajr savob berilishini, Allohning farz va amrlarini tark qilganlarga qanday azob berilishini ochiq-oydin bayon qilganlar. Allohning fazlidan umid uzilmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:09 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar