Kiyim nopok bo‘ldimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli va aziz ustozlar, bugun juma namoziga bir oz kech qoldim. Masjid ichida joy qolmagan, aksiga joynomoz ham yo‘q ekan. Namozni ado qilish uchun kostyumimni joynamoz qilib ishlatdim. Yonimga bir kishi kelib u ham mendan ibratlanib spartivkasini joynamoz qilib foydalandi. Masjid hovlisi toza va quruq edi. Savolim shundan iborat: Endi o‘sha kostyumimni kiyib namoz o‘qisam bo‘ladimi yoki yuvish kerakmi? Sizlardan iltimos shu savolim javobini telegrammdagi kanalga ham joylashtirsangizlar. Sababi menga taqlid qilib kiyimini joynamoz qilib o‘qigan kishi ham balki bu savolni javobini bilmas. Alloh siz ustozlardan va biz ilmi ojizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kastyumingizga qarang, agar biror najosat tegmagan bo‘lsa, pok hisoblanadi. Bemalol kiyib namoz o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar