Tug‘ilganda qurbonlikka atab boqib katta qilib qurbonlik qilsa bo‘laveradimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, islom uz kanalida oldindan boqilayotgan qo‘yni xam sotib boshqasini olib so‘yish kerak degandak qilibdi. Biz uyda 2-3ta sovliq qo‘y boqamiz. Shulardan qo‘chqorcha tug‘ilsa birini qurbonlikka ataymiz. Kata bo‘lganda qurbonlikka so‘yamiz. Bizning qilayotganimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nazr qilish, “shu qo‘yni qurbonlik qilishga nazr qildim” yoki shunga o‘xshash nazr so‘zi qo‘shilgan so‘zni aytish bilan bo‘ladi. Shuni qurbonlikka atadim desa ham o‘shani so‘yish vojib bo‘ladi. Ammo “kelgusida shu qo‘yni qurbonlik qilaman” desa yoki yuqoridagi nazr so‘zlarini aytib bo‘lsa ham orqasidan “Xudo xohlasa” so‘zini qo‘shib qo‘ysa u nazr bo‘lmaydi. Bu o‘zini orzusi va niyatini bayon qilish bo‘ladi. “Shuni qurbonlikka atadim Xudo xohlasa” desa ham nazr bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar