Fitna chiqishidan qo‘rqib

Alloh biz musulmonlarga ne‘mat qilib bergan, ilmlari tufayli Haqqa haq yo‘lda borishlikka sabab bo‘layotgan Shayx hazratlarini Alloh Dunyo va Oxiratda cheksiz-cheksiz yaxshiliklar bn mukofotlagan bo‘lsin!!!Muhtaram Shayx hazratlari, Alloh nasib qilsa tez oylarda Nikoh to‘yim bo‘lmoqda. Ilm olish va yana boshqa sabablar bn uylanishim cho‘zilib ketdi, men uylanmoqchi bo‘lgan qiz ham tolibalardan. Biz bir yil muqaddam Shar‘iy Nikoh o‘qitgandik, buni guvohlar, ba‘zi yaqin birodarlar bilishadi, ammo ota-onamizdan xavotir olishmasin, ko‘ngillariga olishmasin deb sir tutdik...To‘yimiz kuni yana Nikoh o‘qitmasak aniq Fitna chiqishi, ota-onalarimiz qattiq xafa bo‘lishi ehtimoli bor.Shunga boshim qotib qoldi, nima qilsam bo‘ladi? Ayolimni bir taloq qo‘yib yana Nikohlab olsam bo‘laveradimi?Agar shunday qilsam, yana boshqattan mahr beramanmi? Avvalgi mahr nima bo‘ladi, uni belgilab qo‘yganmiz, ammo hali bermagandim??Ustoz, bizlarni haqqimizga ham duo qilib qo‘ying, Allohni rozi qiladigan, baxtli islomiy oilalardan bo‘laylik...Alloh Sizni o‘z panohida asrasin, Sizga yanada ziyoda foydali ilm, uzoq mazmunli hayot, shirin halovat, tan-sihat xotirjamlik va Boqiy Saodat nasib qilsin!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taloq qilishning hojati yo‘q. Oddiy holatda nikoh o‘qitib qo‘yaveringlar.

2 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar