Tasbehlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ba’zi tasbehlarga Allohning Yaratganning ismini yozib bezatilgan. Ularni odatda gilam ustiga tashlab qo‘yiladi. Bunga qanday qarash kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tasbehlarga Alloh taoloning ismini yozilishi o‘zi noto‘g‘ri bo‘lgan. Chunki ishlatish davomida, ishga yaroqsiz holga kelganida behurmat qilinishiga to‘g‘ri kelib qoladi. Har qanday holatda ham ehtiromini qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:58 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar