Ko‘chada daraxtdagi mevalarni hech kim emasa uvol bo‘lmaydmi

Assalomu alaykum! Biz ko‘chada ko‘p yuramiz, daraxt tagida turli mevalar misol uchun o‘rik to‘kilib odamlar bexosdan yoki beparvolik oqibatida bosib o‘tib ketadi. Shu xolatda biz agar egasi bor bo‘lsa erdagi mevani olib esak bo‘ladimi? Agar egasi bo‘lmasa u ko‘chada bo‘lsa ko‘chaniki bo‘lsachi? Ko‘chadagi daraxtni xam kimdir ekkanku ekkan odam qaysi niyatda ekkani nomalum. Egasi bo‘lib o‘zi emasa, lekin xech kimga edirgani xam ruxsat bermasa daraxtda xam shu xolatda qolaversa qaysidir oila terib olib kampot qilib olay desa xam yo‘q desa qanday yo‘l tutgan yaxshi? Uvol bo‘lib yotganini ko‘rib odam boshqacha bo‘layapti. Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabriston, ko‘chalar omma foydalanadigan vaqf joylar hisoblanadi. Bu erlarga kim daraxt eksa ekkan odam egasi hisoblanib, ruxsatisiz eyish joiz emas. Albatta ba’zi bir joylarda odamlar o‘tgan ketgan esin deb ekadi va buni e’lon ham qilib qo‘yadi. Daraxt ekkanning haqqi, ruxsat bermasa olmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:26 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar