Molni cho‘chqani geni bilan chatishtirish

Assalomu alaykum! Biz qarindoshlar bilan choyxonamiz bor. Shunda bir savol o‘rtaga tashlandi. 1992-yilda molni yangi navni yaratish maqsadida cho‘chqaning genini molga jo‘natib yangi navga erishishgan. Bunday navlarni ko‘paytirilgandan so‘ng chatishtirishlar to‘xtagan. Ammo shu kungacha o‘sha navdagi mollarni odatiy xolatda mollar bilan chatishtirib kelishyapti va xozirda Qozog‘istondan xam shunday navdagi mollarni kirib kelayotganligini aytishyapti. Bizning yig‘indagi qarindoshimizga xam shunday mollar kelib tushdi. Endi shu xolatta bu molni iste’mol qilish yoki tijorat maqsadida foydalanilsa bo‘ladimi? Yoki shu kungacha boshqa mollar bilan chatishgan molni geni tozalanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘chqaga ona tarafdan qo‘shiladimi yoki ota? Bunga bir misol agar harom bo‘lgan erkak hayvonni halol bo‘lgan urg‘ochi hayvonga qo‘yilsa, undan tug‘ilgan bola halol bo‘ladi deyilgan. Aksi bo‘lsa ya’ni hayvonning onasi harom otasi halol bo‘lsa bolasi onasiga tobe’ bo‘lib harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar