Otaning burchimi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, dinimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlaringizga Alloh ajr savobini bersin. Men bir do‘stim bilan tortishib qoldim. U otasi uni uylantrishdan voz kechmoqchiligini aytdi. Men esa “to‘g‘ri bu otaning farzi emas deb eshtgandim” dedim. Ota-ona o‘z farzandini uylantirishi farzligi to‘g‘rimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-ona o‘z farzandini to‘g‘ri yo‘lga solishi, ya’ni Alloh taoloni tanitishi, namozni ta’lim berishi farz darajasidagi ilmlarni bildirib qo‘yishi farzdir. Uylanishiga yordam berishi fazilat bo‘lib, hech qanaqasiga farz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush