Qarzni kechish

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan shu mavzuga oid savol javoblarni qidirdim, lekin to‘liqligicha javob ololmadim. Bir kishi yaqin insonidan qaytarib beraman deb lavz qilib ozgina pul qarz olsa, oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng qarz bergan odam chin dildan yaxshilikni maqsad qilib bergan qarzini kechib yuborsa bo‘ladimi ? Yoki qarz bergan odam kechib yubordim desa ham, qarzdor lavz qilgani uchun qarzni qaytarishi kerakmi? Rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechib yubordim deganidan keyin kechib yuborgan odamni so‘rashga shar’an haqqi yo‘q. Xohlasa qarzdor uning haqqiga duo qilib qo‘ysin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar