Sehr qilish

Assalomu alaykum! Azizlar, savolim shuki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilm-amal qilishganda ta’sir qilgan deb eshitdim. Shu haqida ma’lumat bersangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَحَرَ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَهُودِيٌّ مِنْ يَهُودِ بَنِي زُرَيْقٍ يُقَالُ لَهُ لَبِيدُ بْنُ الْأَعْصَمِ، حَتَّى كَانَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَفْعَلُ الشَّيْءَ وَمَا يَفْعَلُهُ، حَتَّى إِذَا كَانَ ذَاتَ يَوْمٍ أَوْ ذَاتَ لَيْلَةٍ دَعَا رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ثُمَّ دَعَا ثُمَّ دَعَا ثُمَّ قَالَ: يَا عَائِشَةُ، أَشَعَرْتِ أَنَّ اللهَ أَفْتَانِي فِيمَا اسْتَفْتَيْتُهُ فِيهِ؟ جَاءَنِي رَجُلَانِ فَقَعَدَ أَحَدُهُمَا عِنْدَ رَأْسِي وَالْآخَرُ عِنْدَ رِجْلَيَّ، فَقَالَ الَّذِي عِنْدَ رَأْسِي لِلَّذِي عِنْدَ رِجْلَيَّ أَوِ الَّذِي عِنْدَ رِجْلَيَّ لِلَّذِي عِنْدَ رَأْسِي: مَا وَجَعُ الرَّجُلِ؟ قَالَ: مَطْبُوبٌ، قَالَ: مَنْ طَبَّهُ؟ قَالَ: لَبِيدُ بْنُ الْأَعْصَمِ، قَالَ: فِي أَيِّ شَيْءٍ؟ قَالَ: فِي مُشْطٍ وَمُشَاطَةٍ وَجُفِّ طَلْعَةٍ ذَكَرٍ، قَالَ: فَأَيْنَ هُوَ؟ قَالَ: فِي بِئْرِ ذِي أَرْوَانَ. قَالَتْ: فَأَتَاهَا رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فِي أُنَاسٍ مِنْ أَصْحَابِهِ ثُمَّ قَالَ: يَا عَائِشَةُ، وَاللهِ لَكَأَنَّ مَاءَهَا نُقَاعَةُ الْحِنَّاءِ، وَلَكَأَنَّ نَخْلَهَا رُءُوسُ الشَّيَاطِينِ، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَلَا أَحْرَقْتَهُ؟ قَالَ: لَا، أَمَّا أَنَا فَقَدْ عَافَانِي اللهُ وَكَرِهْتُ أَنْ أُثِيرَ عَلَى النَّاسِ شَرًّا، فَأَمَرْتُ بِهَا فَدُفِنَتْ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَمُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bani Zurayq yahudiylaridan Labiyd ibn al-A’sam deb nomlanadigan bir yahudiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sehrladi. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir narsa qilayotgandek bo‘lib tuyular edi, ammo qilmasdilar. Nihoyat bir kuni yoki bir kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar. So‘ngra yana duo qildilar. So‘ngra yana duo qildilar. Keyin: «Ey Oisha, sezdingmi? Alloh men U zotdan fatvo so‘ragan narsam haqida fatvo berdi. Huzurimga ikki kishi keldi. Ulardan biri boshim tarafga, boshqasi oyoqlarim tarafga o‘tirdi. Bas, boshim tarafdagi oyoqlarim tarafdagiga yoki oyoqlarim tarafdagi boshim tarafdagiga: «Bu kishining dardi nima?» dedi. Unisi: «Sehrlangan», dedi. «Uni kim sehrladi?» dedi. «Lubayd ibn al-A’sam», dedi. «Qaysi narsada?» dedi. «Taroqda, taraganda tushgan sochda va erkak xurmo gulkosasining qobig‘ida», dedi. «U narsa qaerda?» dedi. «Zu Arvon qudug‘ida» dedi». Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir guruh odamlar bilan o‘sha erga bordilar. Keyin (qaytib kelib): «Ey Oisha, Allohga qasamki, u (quduq)ning suvi xuddi hinoning ivitilganidek. Xurmolari xuddi shaytonlarning boshlaridek», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, uni kuydirib yuborganingizda edi», dedim. «Yo‘q. Menga Alloh ofiyat berdi-ku. Odamlarga biror yomonlik qo‘zg‘otishni karih ko‘rdim. Amr qildim, u ko‘mildi», dedilar». Ikki shayx rivoyat qilganlar. Alloh bilguvchiroqdir. Sharh: Bu hodisa haqida shunga o‘xshash boshqa rivoyatlar ham bor. Ularda bu erda zikr qilinmagan boshqa tafsilotlar ham zikr qilingan. Shuningdek, bu rivoyat va unda zikr qilingan hodisa haqida turli ixtiloflar ham bor. Ba’zi kishilar «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga sehr ta’sir qilsa, payg‘ambarliklariga futur etib qolmaydimi?» degan mulohazalarni ham qilganlar. Lekin muhaqqiq ulamolarimiz bu haqda quyi¬dagi xulosani aytganlar: «Sahih hadislarda sobit bo‘lgan narsa inkor qilinmaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan sehr qilinganligi ma’lum. Lekin u zotga qilingan sehr payg‘ambarliklariga futur etkazmagani ham sobitdir». Ushbu rivoyatni bu erda keltirish ila bemorlik insonga sehr orqali, ya’ni sehr sababidan ham etishi mumkinligiga ishora qilinmoqda. Avvallari, moddaparastlik avj olgan davrda, sehr kishining sog‘lig‘iga zarar etishiga sabab bo‘lishi haqida gapirilsa, kulgi-masxaraga sabab bo‘lishi mumkin edi. Endi esa, aksincha, ko‘pchilik har qanday dardning ortida sehr va unga o‘xshash narsalar turishiga ishonadigan bo‘lib qoldi. Islomda esa hamma narsa o‘z voqe’ligiga qarab, mo‘’tadillik bilan baholanadi. Xastaliklar asosan ma’lum va ma’ruf sabablar tufayli oriz bo‘ladi. Ular tib yo‘li bilan muolaja qilinadi. Shu bilan birga, ba’zi hollarda xastalikning oriz bo‘lishiga sehr sabab bo‘lishi ham mumkin. Unday holatda bemorni davolash uchun sehrga qarshi vositalar ishga solinadi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 181 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar