Nasab

Assalomu alaykum! Nega turmush boshida turganda yoshlarni nasl nasabiga qattiq yopishib olishadi? Ayniqsa qizlarni nasabi pastligi uchun erga urib hech kim u qizni kelin qilgisi kelmaydi? Hech kim oilasini, uni a’zolarini va nasabini bozordan o‘z hoxishiga qarab sotib olmaydiku. Men shunga juda ranjiyman, dinimga emas, xulqimga emas, husnimga emas hamma oilamga qarab aynib ketishyapti. Dugonalarim orasida faqat men qoldim turmush qurmagan. Payg‘ambarimiz Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ummatlarini fe’lini oz bo‘lsa ham bilgandir, nega shunga qaramay muhim 4 hislatga nasabni ham qo‘shganlar. Odamlarga xulqiga, diniga qarab kelin qiling desa shu hadisni keltirib suvdan quruq chiqishadi. "Dindorini tanla qo‘ling tuproqqa qorilgur" degan joyi ham bor desa ensasini qotirishadi. Men tanlamagan narsalar uchun men javob berayotganim qattiq ranjityapti meni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz "fe’lini oz bo‘lsa ham bilgandir, nega shunga qaramay muhim 4 hislatga nasabni ham qo‘shganlar" degan so‘zingiz xatarlidir. Siz hadisni noto‘g‘ri tushunganingiz ko‘rinib turibdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va u zotning hadislari haqida ilmsiz gapirishdan hazir bo‘ling. Tavba qiling. Shakkoklik qilmang. Odamlar hadisga amal qilishmasa ayb o‘zlaridadir. Ushbu hadisi sharifda U zot sollallohu alayhi vasallam o‘sha davrda odamlar kelin tanlashda qaysi xislatlarga qarashayotgani va islom ko‘rsatmasiga ko‘ra qanday tanlov qilishlari lozimligini bayon qilganlar.  Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar