Tabib ayol
Assalomu alaykum! Bizda bir ayol bo‘lib, u ruhiy tabiblik qiladi. Ko‘ringani kirganda qo‘l tomirini ushlab kasalini ko‘radi, Qur’on oyatlaridan o‘qib davolaydi. Payshanba va Juma kunlari ko‘rmaydi, 3 kun o‘qib keyin operatsiya qiladi. Operatsiyada odamlarni bir xonada yotqizib, ustiga oq surib yopib, Qur’ondan o‘qiydi. Aytishicha operatsiyani farishtalar qilar ekan. Operatsiyadan keyin 3 kun gapirilmaydi, lekin operatsiyadan keyin odamlar tomagrafiyaga tushganda, operatsiya qilingan joylarni chandiqlari ko‘rinib turgan ekan. Odamlar shifo topishyaptikan. Savolim shuki, bunday davolash shariatimizda bormi? Men “balki jinlar yordamida emasmikin” deb shubha qilayapman. Iltimos shunga aniqlik kiritib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lasa, u ayol tabib emas, balki jinkash va firibgar ekan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:01 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar