Ota onamni yaxshi ko‘rmay qolganman
Assalomu alaykum! Men 18 yoshdaman va o‘zimni o‘zimni kunimni qilib yuraman ya’ni ota onamdan 17 yoshimdan beri pul olmayman va shuning uchun ham biroz mustaqil bo‘lishga o‘rganib qolganman. Ota onam ikkisi ham ikki turmushli va esimni taniganimdan beri meni oldimda katta janjallar qilishgan va har doim agar sen bo‘lmaganingda allaqachon ajrashardik deyishgan. Onam og‘ziga kelgan so‘z bilan meni so‘kardi va hozir ham janjal bo‘lib qolsa menga demagan so‘zlari qolmaydi. Dadam ham har janjalda menga o‘lim tilaydi va oqpadar bo‘b ketasan deydilar. Janjallar asosan meni topgan pulim va dadamni boshqa ayolidan bo‘lgan akalarim bilan meni munosabatimni deb yuzaga keladi. Onamni yaxshi kormay ular bilan unchalik yaxshi chiqishmay qolganimga ancha bo‘lgan lekin dadam shu yili yaxshiroq pul topishni boshlaganimdan keyin rossa kop janjal chiqaradigan boldilar. Pulimni bersam ham bermasam o‘zimga ishlatsam ham qaerdandir asabimga tegadigan gaplar aytadilar va men ham topganimdan keyin ishlatamanda deb aytaman va shundan keyin sen pul topayotganing uchun shunaqa bob ketding deb qattiq urushadilar. Kecha ham janjal boldi va ohiri ozimni tutib turolmadim. Ichimdagi bor gapni ulardan xafa ekanligimni qattiq tonda baqirib aytib tashladim. Dadam esa baqirishdan so‘kish va qarg‘ishdan to‘xtamadi. Savolim shundaki: 1. Men Alloh mendan buni deb norozi bo‘lishini istamayman va ota onam qanchalik nohaq bo‘lishmasin men baribir baqirmasligim kerakligini bilaman lekin buni qanday qilib jilovlashni bilmayapman. Siz qanday maslahat bera olasiz. 2. Ota onamni umuman yaxshi ko‘rmasligim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom shariati ota-onaning qadrini shu qadar yuqori ko‘targanki, hatto Allohga ishonmaydigan kofir-dinsiz bo‘lsalar ham ularga shirin so‘z aytishni farzandga vojib qilgan. Sizning qilayotgan bu muomalangiz oqq bo‘lishingizga olib boradi. Ularga hargiz sovuq muomalada bo‘lishga haqli emassiz. Sizni agar qul bozoriga olib chiqib sotib yuborishganida ham ularga qattiq gapirishingiz xato bo‘lar edi. Oxiratim kuymasin desangiz qilgan ishingiz uchun ulardan kechirim so‘rab roziliklarini oling. O‘z jannatingiz eshiklarini vayron qilmang.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْوَالِدُ أَوْسَطُ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ، فَإِنْ شِئْتَ فَأَضِعْ ذَلِكَ الْبَابَ أَوِ احْفَظْهُAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, volid (ota-ona) – jannat eshiklarining eng yaxshisidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang, uni zoe qil, xohlasang, muhofaza qil», dedi».
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«U kishi:
«Bir mo‘min-musulmon insonning musulmon ota-onasi bo‘lsa, ularga yaxshilik qilib, uning savobini kutgan holda tong ottirgan bo‘lsa, Alloh subhanahu va taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar faqat biri bo‘lsa – bitta eshik ochadi.
Agar farzand ota-onadan birining g‘azabini chiqargan bo‘lsa, Alloh taolo undan o‘sha shaxs rozi bo‘lmaguncha, rozi bo‘lmaydi», dedi.
«Ota-ona unga zulm qilgan bo‘lsa hammi?» deyildi.
«Zulm qilgan bo‘lsalar ham», dedi».
Sharh: Bu hadisi sharifda ham ota-onaga yaxshilik qilishning fazli haqida so‘z bormoqda. Unda bu ishning oxiratda beradigan samarasi bayon qilinmoqda.
Ota-onasiga savob umidida yaxshilik qilib tong ottirgan musulmonga Alloh taolo jannatning ikki eshigini ochib qo‘yishi ta’kidlanmoqda. Onasiga yaxshilik qilgani uchun bir eshikni va otasiga yaxshilik qilgani uchun yana bir eshikni ochishi elatilmoqda.
Ota-onaning ikkisi bo‘lmay, faqat bittasi qolgan bo‘lsa va farzand o‘sha qolganiga savob umidida yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh taologa unga jannatdan bir eshik ochar ekan.
Farzand zinhor ota-onaning g‘azabini chiqarmasligi kerak. Chunki:
«Agar farzand ota-onadan birining g‘azabini chiqargan bo‘lsa, Alloh taolo undan o‘sha shaxs rozi bo‘lmaguncha, rozi bo‘lmaydi».
Demak, Alloh taoloning roziligi ota-onaning roziligiga bog‘liq. Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim.
Hattoki ota-ona farzandga zulm qilib tursa ham, farzand ularning g‘azabiga sabab bo‘ladigan gap-so‘z, harakat va ishlarni qilmasligi matlub.
Ota-ona zulm qilib turibdi, lekin agar farzand o‘sha zulm qilgan ota-onaning g‘azabini chiqargan bo‘lsa, Alloh taolo undan g‘azablanar ekan. Menga zulm qilyapti, deb ota-onasini norozi qilsa, Alloh taolo ham o‘sha bandadan norozi bo‘lar ekan.
Ammo ota-onaning roziligi va noroziligi Alloh taoloning hukmidan tashqariga chiqmasligi shart. Ya’ni, Allohning amriga muvofiq ishlarda ota-onaga itoat qilinadi. Ammo ota-onaning gapi Allohning amriga xilof bo‘lsa, ularga itoat qilish vojib bo‘lmaydi.
Mashhur hanafiy olimlardan Mullo Ali Qori ota-onaga zulm qilsalar ham yaxshilik qilish haqidagi gap borasida «Bu ayni kamoldir. Ammo joizlikning asli e’tiboridan xotini bilan ajrash haqida amr bo‘lsa uni taloq qilish lozim bo‘lmaydi. Agar ota-ona qattiq ozor topsalar ham», degan.
Imom Tohaviy:
«Farzand muboh narsalarda buysunadi. Nahiy qilingan narsalarda emas», degan.
Tohir Fataniy:
«Agar ikkovlari dunyoviy ishlarda unga zulm qilsalar, oxirat ishlarida emas», degan.
Izzuddin Abdussalom:
«Farzandga ikkisining itoati har bir amrda va har bir nahiyda vojib bo‘lmaligiga ulamolar ittifoq qilganlar», degan.
Imom G‘azzoliy:
«Ko‘pchilik ulamolar ota-onaning itoati shubhali narsalarda vojibligini aytganlar. To‘liq haromda vojib bo‘lmaydi. Chunki shubhani tark qilish vara’ga kiradi. Ota-onaning itoati esa majburiydir», deganlar.
Ulamolar yana quyidagilarni aytadilar:
«Agar ota-onaning haqiga barobariga rioya qilish mumkin bo‘lmay qolsa, ulug‘lash va ehtirom ma’nosida ota ustun ko‘yiladi. Chunki, nasab undandir. Xizmat va in’om yuzasidan onaning haqi ustun qo‘yiladi. Misol uchun ota-ona tashqaridan kirib kelgandan ota uchun o‘rindan turiladi. Farzand biror narsa hadiya qiladigan bo‘lsa onasidan boshlaydi. Farzand ota-onadan faqat bittasiga nafaqa berishga qodir bo‘lsa onasiga beradi.
Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar:
1. Ota-onaga yaxshilik qilish zarur ekanligi.
2. Ota-onaga yaxshilik qilgan kishi oxiratda mukofot olishi.
3. Ota-onaga yaxshilik qilgan kishiga jannat eshiklaridan ikki eshik ochilishi.
4. Ota-onadan biriga yaxshilik qilgan kishiga jannatdan bir eshik ochilishi.
5. Ota-onaning g‘azabini chiqargan odamdan Alloh taoloning g‘azabi chiqishi.
6. Ota-ona roziligini topgan odam Alloh taoloning roziligini topishi.
7. Ota-ona zulm qilgan bo‘lsa ham, farzand ularga bari bir yaxshilik qilaverishi lozimligi. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 13:31 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush