SUNNAT O‘RNIGA QAZO NAMOZLARI O‘QISh TO‘G‘RIMI?

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuxu!SAVOL: Muxtaram ustoz! Meni taxminan 7-8 yillik kazo namozlarim bor. Ularni imkon kadar ado kilib kelmokdaman. Lekin goxida ishlar kupayib ketib, ukiy olmay kolaman. Yakinda shunday fatvoni ukidim, unda shunday deyilgan: "Qazo namozlarni sunnatlar o‘rniga o‘qish kerakmi, degan masalaga kelsak, shuni aytish mumkinki, agar sunnatlar bilan qazoni doimiy ravishda birga o‘qish sizni qiynab qo‘yadigan bo‘lsa, sunnat o‘rniga faqat qazoni o‘qishingiz joiz, vallohu a’lam. Ammo sharoitingiz ko‘tarsa, sunnatlarni o‘z o‘rnida o‘qib, shularning yonida qazo namozlarini o‘qiganingiz yaxshi. Chunki inson uchun sunnat namozlarining ahamiyati katta. Hatto ko‘p namozlarni qoldirgan odamlar uchun ham sunnatlar qimmatlidir.""Tom ilmi xol" kitobida xam mazkur masalada fikr bildirilgan: "Imom-i Rabboniy (rahmatullohi taolo alayh) yigirma to‘qqinchi maktubida marhamat qiladiki, “Farz ibodatining oldida nofila ibodatlarning hech qimmati yo‘qdir. Dengizdan tomchi ham emas. Mal’un shayton, mo‘minlarni aldab, farzlarni kichik ko‘rsatadi. [Qazolarni o‘qishga yo‘l bermay], nofilalarga boshqaradi. ...” Ikki yuz oltmishinchi maktubda marhamat qiladiki, “Nofila ibodatlarning farzlar oldidagi qimmati, okean oldida bir tomchi suv kabi ham emasdir. Hatto nofila ibodatlarning sunnatlar oldida ham qimmatlari yana shunday pastdir. Shuningdek, sunnatlarning ham farzlar oldidagi qimmatlari dengizdan bir tomchi suvcha emasdir”. Islom olimlarining bu yozganlaridan shuni tushunish mumkinki, namozlarni uzrsiz qazoga qodirganlar, bir on avval qazosini o‘qib, Jahannam azobidan qutilish choralarini izlashlari lozimdir. Hamma qazolarimni o‘qishga niyat qildim, deb ora sirada qazo o‘qib, qo‘yish kishini Jahannamdan qutqara olmaydi."“Al-hikam-ul Atoiyya”da aytiladiki, “Ikki ishdan qaysi biri nafsingga og‘ir kelsa, o‘shasini qil! Chunki haq bo‘lgan ish, nafsga og‘ir keladi. Vojiblarni qilishda bee’tibor bo‘lib, nofilada xayratli bo‘lish, nafsning havosiga ergashish alomatlaridandir”.Iktiboslar tugadi.Muxtaram ustoz! Kitoblarda xar kancha fatvolar kup bulsada, baribir unga amal kilib ketavermay sizdan surashni lozim topdim. Yukoridagi fatvolarga kura men xam sunnatlar urniga kazo namozlarimni niyat kilib ukisam buladimi? Misol uchun, peshinning turt rakat sunnati urniga turt rakat peshin kazosi, farzdan keyingi ikki rakat sunnat urniga asr namozining kazosi, shomning ikki rakat sunnati urniga shomning uch rakat kazosi va x.k. Goxida kurkib ketaman, kazolarimni ado kilolmay ulib kolsam nima buladi, deb. Xozirda davlat tashkilotida ishlayotganim sababli goxida vaktim oz buladi, goxida ishdan tolikib kelib, kazo namozlarni ukishga vakt xam, kuch-kuvvat, tokat xam bulmaydi. Umr esa utib bormokda. Erta kiyomatda savol-javob ogir. Shuning uchun mening xolatimdan kelib chikib, menga yul-yurik kursatsangiz. Men kanday kilsam tugri buladi? Savolim uzayib ketganligi uchun uzr surayman. Savolim sizga tushunarlirok bulsin uchun meni uylantirgan fatvolarni keltirgandim.Allox sizni salomat kilsin! Xayrli duolar bilan Umidjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ha.

21 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 189 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar