Imon va zamon
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, hammaga ma’lum hozirgi kunda iymonli kishilar juda kam. Musulmonlar soni kun sayin oshib bormoqda, ammo shu bilan birga iymon ham zaiflashib bormoqda! O‘zim guvohman, ba’zi kishilarni shunday iymoni zaiflashayotganiga. Shunday kishilarni ko‘rdimki, namoz o‘qishni boshlab bir ikki oy namozini o‘qib, ramazon oyi kirganda esa ozgina ro‘za tutib, bir ikki kun o‘tib “yaramayman” deb baxona qilib ro‘za tutmay, namozni tashlab ichkilikka ruju qo‘yib, oilali bo‘lsa ham zino qilganlarni ko‘rdim. Bunga chidab turolmayapman. Ming afsus er yuzida Alloh aytgani emas shaytonni aytgani bo‘lyapti! Bozor va do‘konlarda ham ko‘ramiz faqat va faqat aldov, birovni haqqini eyish. Achinarlisi, musulmon musulmonni aldab ozor bermoqda. Rivoyatlarda kelishicha “shunday zamon keladiki, iymonli odam iymoni uchun, fosiq fosiqligi uchun ayblanganidek ayblanadi» deyilgan. Yana payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida, “Qorong‘u kechalardek ketma-ket keladigan fitnalar kelmasidan avval amal qilib olinglar, chunki u fitnalar ortidan inson hech nimani ko‘rmay qoladi» deb aytgan ekanlar. Ustozlar shunday zamon kelmadimikan deb qo‘rqaman? Alloh barchamizni hidoyatda bardavom qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning barchasi kishilar ilmdan uzoqlashganlari, ilmga harakat qilganlari esa ruhiy tarbiyadan yiroq bo‘lganlari uchundir. Kishilarni ilm va ruhiy tarbiyaga targ‘ib qilsak in shaa Alloh ularning barchasi yo‘q bo‘ladi. “Bundan buyog‘i bundan battar” degan e’tiqodda qolib ketmaslik kerak. 70 yillik dinsizlikdan keyingi hozirgi holatimiz bunga yorqin misol. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:06 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda