Tayamun qilishlik

Assalomu alaykum! Bu savoli berishga biroz hijolat bo‘lyabman lekin to‘g‘risi ko‘pchilikdan so‘rab ko‘rdim hamma har xil maslahat beryabdi shunga sizlarga murojat qildim 2 yilcha bo‘ldi Namoz o‘qib boshlaganimga Alhamdulillah lekin shu vaqt ichida har kun tahorat olgandan shamollab qoldim keyin akam mahallamizdagi imomlardan so‘ragan ekanlar tahoratni o‘rniga tayammum qilsa bo‘ladimi degandila ular bo‘ladi deyishdi lekin ko‘nglim tayammum bilan o‘qishimga biroz g‘ash bo‘lardi keyin tuzlagach yana tahorat olib o‘qidigan boldim hozirda yana shamollab qoldim yana tayyamun qilib o‘qisam bo‘ladimi yoki nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo suvni isitish, tahorat olish uchun qulay sharoit yaratish, tahoratdan so‘ng darhol qurinish, isinish choralarini ko‘rish lozim. Shundan keyin ham suv ishlatish tufayli biror a’zoga talafot etishi yoki xavfli kasallikning kuchayib ketishi ehtimoli bo‘lsagina tayammum qilishga ruxsat bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar