O‘yin

Assalomu alaykum! Sizdan narda o‘yini haqida so‘ramoqchi edim. Bir do‘stim “bu o‘yinni o‘ynash mumkin emas, xarom” dedi. Shu to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ بُرَيْدَةَ  رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: مَنْ لَعِبَ بِالنَّرْدَشِيرِ فَكَأَنَّمَا صَبَغَ يَدَهُ فِي لَحْمِ خِنْزِيرٍ وَدَمِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim nardashir o‘ynasa, xuddi qo‘lini cho‘chqaning go‘shti va qoniga botirgandek bo‘ladi», dedilar».Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.Sharh: Bundan cho‘chqaning go‘shti va qoni qanchalik harom bo‘lsa, nard o‘ynash ham shunchalik harom ekani kelib chiqadi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 189 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar