O‘lgan insonni ismini qo‘yish

Assalomu alaykum! O‘g‘limni ismini jufti halolimni otalarini otasini ismlarini qo‘yganmiz. Dodamni ko‘rmaganman, o‘g‘lim dodasini ismini oladi deb shu ismni qo‘yganlar. Ko‘pchilik qarshi bo‘ldi “mumkinmas, agar o‘lgan insonni ismini qo‘ysela o‘sha o‘lgan insonni hurmatini qilib o‘g‘lilani ham sizlab murojat qilasla” deyishgandi. Mana hozir o‘g‘lim inshaalloh 5 yoshga to‘lish  arafasida, lekin shu yoshgacha faqat kasal. 7 kun yaxshi yursa 1 oy kasal bo‘ladi. Aziz ustozlar, sizlardan shu masalada so‘ramoqchi edim. Haqiqatan o‘lgan insonni ismlarini farzandga qo‘yib bo‘lmaydimi? Oldindan tashakkur, agar savolim nojoiz bo‘lsa uzr so‘rayman. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “O‘lgan insonni ismlarini farzandga qo‘yib bo‘lmaydi” degan gap safsatadan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar