Asr namozining sunnati

Assalomu alaykum! Asr namozining sunnatini qaysi payt o‘qisam bo‘ladi? Asr namozining azoni aytilgandan keyinmi yoki asr namozining azonidan oldin xam o‘qib olsa bo‘ladimi? 2). Vitr namozining 3-rakatida quloq qoqmastan (qunut duosini o‘qimastan) rukuga ketib qa’daga o‘tirganimda yodimga tushib qoldi. Shunda men salom berib, vitr namozini boshidan o‘qidim. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Vaqti kirib farz o‘qilmasidan oldin o‘qiladi. 2). Bunday holda qayta o‘qimasdan sajdai sahv kifoya qilar edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:53 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar