Ro‘za Ochilish xakida
Assalomu alaykum! O‘stozlar mani savalim shundan iboratki ro‘za tutsa egan ovkati tomog‘iga kelib reski ketsa ro‘za ochiladimi. 2. Savolim man sekin sekin nomoz okivoman ilojim bo‘sa masjitga bamdodga chikib o‘xlavoman kegin kogan farzlani ukomaeman xo‘fton bilan tarobex namozini o‘kivoman bu kabulmi.?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ochilmaydi. https://fiqh.uz/ibodat/roza/788-ozani-buzadigan-va-buzmaydigan-amallar.html 2). Shunchalik namozni boshlab olibsiz. Alloh qabul qilsin. Siz qolgan farzlarga ham harakat qiling. Shuni boshlagan qolganini ham bemalol qila oladi. Namoz o‘qimay yurib, oqibatingiz quyidagi oyatdagi holga tushib qolmasin. فِي جَنَّاتٍ يَتَسَاءلُونَ عَنِ الْمُجْرِمِينَ مَا سَلَكَكُمْ فِي سَقَرَ 40. jannatlarda bir-birlaridan so‘raydirlar… 41. jinoyatchilardan: 42. «Sizlarni olovga nima kiritdi?» (deb). Gunohkorlar arz-dod qilishga mushtoq bo‘lib turganlari uchun batafsil javob bera boshlaydilar: قَالُوا لَمْ نَكُ مِنَ الْمُصَلِّينَ 43. Ular: «Namoz o‘qiydiganlardan bo‘lmagan edik. Bu oyati karimada do‘zaxiylarning o‘zlari do‘zaxga tushishlariga sabab bo‘lgan asosiy narsani zikr qilmoqdalar. Aslida, bosh sabab iymonsizlik, lekin Ular: «Namoz o‘qiydiganlardan bo‘lmagan edik», – deyishmoqda. Demak, namoz bilan iymon ajralmas narsalar ekan. Bu oyatda musulmon kishining hayotida namozning ahamiyati naqadar ulkan ekani yana bir bor ta’kidlanmoqda. وَلَمْ نَكُ نُطْعِمُ الْمِسْكِينَ 44. Va miskinlarga taom bermagan edik. Bu sifat ham iymonsizlikning alomatlaridandir. Miskinlarga taom berish iymondan bo‘lib, o‘z sohibini Allohning azobidan saqlaydi. Tabiiyki, taomga kiyim-kechak va uy-joy ham qo‘shiladi. Miskinlarga taom bermaslik insonlarni barcha razilliklarga ham boradigan qilib qo‘yadi. Shu bilan birga, miskinlarni jamiyatga, qorni to‘qlarga qarshi ham qilib qo‘yadi. Shuning uchun ham miskinlarning farovon turmush kechirishlariga hissa qo‘shmagan odam do‘zaxiylikka sazovor, gunohkor hisoblanadi. وَكُنَّا نَخُوضُ مَعَ الْخَائِضِينَ 45. Va botilga sho‘ng‘uvchilar bilan birga sho‘ng‘ir edik. Ya’ni aqiyda, din, e’tiqod va boshqa shunga o‘xshash narsalarda botil so‘zlarni ko‘p gapirar edik, yolg‘onni ko‘z yummay, so‘zlar edik. وَكُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوْمِ الدِّينِ حَتَّى أَتَانَا الْيَقِينُ 46. Va qiyomat kunini yolg‘onga chiqarar edik… 47. toki bizga o‘lim kelgunicha», – derlar. “Maa’uun” surasida فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir. Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam! Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi. Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar. Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar. Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar