Baxillarning ovqati dard bo‘ladi

Assalomu alaykum! Saxiylarning ovqati davo va baxillarning ovqati dard bo‘ladi. Yuqoridagi jumlani islom.uz dagi «Imom Ahmad ziyofati» maqolasida o‘qib qoldim. Biz chet elda o‘qiymiz, chet elda musulmon bo‘lmagan professorlar talabalarni ba’zi ba’zida taomga taklif qilib turishadi. Ular aslida baxil odamlar. Ularni taomini tark qilish biz uchun yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ular sizlarni go‘shtli taomga taklif qilsa, go‘shtini shariatga muvofiq so‘yilganligini surishtirib bilishingiz shart. Agar shariatga muvofiq so‘yilmagan bo‘lsa eyishingiz halol bo‘lmaydi. Agar go‘shtsiz taom bo‘lsa, sahovati jo‘shib ketmagan bo‘lsa sizlarni chaqirmasa kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:20 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar