Gunoxkor bo‘ladimi?
Assalomu aleykum! 1. Jinsiy ojizligi bor inson agar uylanmay o‘tsa sunnatni tark etgan bo‘ladimi? 2. Singlisi bor aka, singlisi satrlanmay yursa aka dayus bo‘ladimi? 3. Bizning maktabda juda ko‘p satrlanmagan ko‘zni jalb etadigan qizlar bor, qaragimiz kelmasa xam barbir bexostan ko‘zimiz tushadi. Shunday paytda gunoxkor bo‘lamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aybingizni aytmasdan uylanishingiz harom. Kishilarning turli holatlariga qarab, nikohda bo‘lishlari hukmi ham turlicha bo‘ladi. "Baxtiyor oila" kitobida quyidagicha kelgan.
1. Farz-vojib.
Agar bir inson nikohli bo‘lmasa, zinoga borishiga ishonib etsa va nikohga ketadigan sarf-xarajatga ega bo‘lgach, nikohdagi sherigiga zulm qilmasdan, haqqini ado etishiga ishonsa, bunday odamga nikoh farz-vojib bo‘ladi. Chunki musulmon kishining o‘z iffatini saqlashi, harom ishdan tiyilishi vojibdir.
Islom shariatida «vojib narsani ado etish uchun kerak bo‘lgan narsani qilish ham vojibdir» degan qoida bor. Bu erda ana shu qoidaga amal qilinadi.
Kishi o‘z iffatini saqlashi, harom ishga bormasligi vojib. O‘sha vojibni qilish uchun nikoh – uylanish lozim. Demak, u odam uchun uylanish – oila qurish vojib bo‘ladi.
2. Harom.
Agar bir inson nikohlanib, o‘zining nikohidagi sherigiga zulm qilishi va zarar etkazishiga ishonib etsa, bunday odam uchun oila qurish harom bo‘ladi.
Bu holatda Islom shariatining «haromga olib boruvchi narsa ham haromdir» degan qoidasi ishga tushadi. Birovga zulm qilish, zarar etkazish – harom. O‘sha zulm va zarardan iborat harom ish nikoh tufayli sodir bo‘lishi aniq bo‘lganligi uchun, bu holatda unga olib boradigan yo‘l – nikoh ham harom bo‘ladi.
3. Makruh.
Agar bir inson nikohlansa, o‘zining nikohdagi sherigi – jufti haloliga nisbatan zulm va zarar kelishidan qo‘rqsa, ammo to‘liq ishonmasa, bunday odam uchun nikoh makruhdir.
4. Sunnati muakkada.
Mo‘’tadil inson uchun, zinodan qo‘rqmaydigan, oila qursa, jufti haloliga zulm qilishdan, zarar etkazishdan ham qo‘rqmaydigan kishi uchun oila qurish sunnati muakkadadir.
Oyat va hadislarning ko‘pchiligida bayon etilgan, hukmi aytilgan holat kishilar orasida ommaviy suratda uchraydigan mana shu holatdir.
Nikohning, oilali bo‘lishning sunnati muakkada ekaniga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning uylanganlari va nikohda bardavom bo‘lganlari, sahobai kiromlar va keyingi avlodlarning uni mahkam ushlaganlari dalildir. Hanafiylar: «Bu sunnati muakkada vojibga teng», deydilar.
Kim bu ishni qilmasa, tarki sunnat qilgan hisoblanadi.
5. Muboh.
Uylanishga rag‘bat qildiruvchi narsalar ham, undan man qiluvchi narsalar ham bo‘lmagan holda nikoh muboh bo‘ladi.
Ushbu zikr qilingan narsalardan nikoh – oila qurish dinimiz targ‘ib qilgan ibodat ekanini bilib oldik. Erdir, ayoldir – har bir musulmon oila qurishdek mas’uliyatli ishdan chetda tura olmaydi. Ammo, bu ishga kirishishdan oldin har bir inson oila nima ekanini, u nima uchun va qaysi asosda qurilishini yaxshi bilib olmog‘i kerak.
Islom ta’limotlari bo‘yicha, oila quyidagi asos va maqsadlarda quriladi:
1. Oila Alloh taoloning roziligini topish, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning axloqlari, islomiy odoblar bilan o‘zini ziynatlash uchun quriladi. Bu odob va axloqlar oiladan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Misol uchun, mehribonlik, halimlik, adolat va o‘zaro yordamni olib ko‘raylik. Aslida, oila oliymaqom axloq namunalarining namoyon bo‘lishi, mustahkamlanishi uchun asosiy makon emasmi? Agar oila bo‘lmasa, bu narsalarga ko‘ngildagidek erishib bo‘ladimi? Boshqa odob va axloqlarni ham shunga taqqoslash mumkin. Alloh taoloning oyatiga amal qilib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatiga ergashib oila qurmoqdaman, deb niyat qilgan odam haqiqiy ibodatni ado etgan bo‘ladi.
2. Oilaviy hayotdan, er‑xotinlik aloqasidan sharafli maqsadlar ko‘zda tutilishi kerak. Oilaga eru xotinga ulug‘ va sharafli mas’uliyatlarni yuklovchi go‘zal bir hay’at deb qarash lozim.
Eru xotin o‘sha mas’uliyatlarni ado etish uchun himmatlarini oliy qilib, osonlik va qiyinchilik, kenglik va torlik vaqtlarida ham o‘zaro hamkorlik qilishlari kerak. O‘z oilalarini mustahkam qilib, oliyjanob farzandlar etishtirib, ummat uchun, vatan uchun foydalar keltirishga harakat qilishlari kerak. Bu esa, o‘z navbatida har kim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni iymon asosida, vijdonan ado etishini taqozo qiladi.
3. Eru xotin orasidagi oilaviy aloqa muhabbat, taqdirlash, o‘zaro tushunish asosida bo‘lishi kerak.
Nikoh aloqasi ruhiy otifa – ko‘ngil aloqasidir. Bu aloqa abadiy va bardavom aloqadir. Shuning uchun ham bu aloqa muhabbat, rahm-shafqat asosida bo‘lishi lozim. Har bir odam ana shu ma’nolarni o‘ziga singdirib olgan holdagina oila qurishga harakat boshlashi kerak. ("Baxtiyor oila" kitobidan). 2). Sizdan chiroyli qilib aytib qo‘yish. Qilmasa o‘zlariga havola.3). Abdulloh ibn mas’ud roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi: «Alloh taolo dedi: (xarom qilingan) nazar Iblisning zaharli o‘qlaridan biridir. Kimki mendan qo‘rqib uni tark qilsa uni shunday bir iymonga almashib qo‘yamanki, uning halovatini qalbida his qiladi.» (Tobaroniy. Xokim).
Abu Umoma roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi: «qaysi bir muslim (begona) ayolning avratiga nazar qilib, so‘ngra Allohning g‘azabidan qo‘rqqan holda undan ko‘zini olib qochsa Alloh unga shunday ibodat beradiki uning lazzatini qalbida his qiladi.» (Ahmad. Bayhaqiy).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi: «Qiyomat kuni (Allohning azobidan qo‘rqib) har bir ko‘z yosh to‘kadi. Magar uch kishining ko‘zlari mustasno.
1-Alloh qarashni harom qilgan narsalardan tiyilgan ko‘z.
2-Alloh yo‘lida tunlarni bedor qilgan ko‘z. (Masalan musulmonlar xavfsizligini taminlash maqsadida uxlamagan ko‘zlar).
3- Allohdan qo‘rqib pashshani boshicha bo‘lsada o‘zidan yosh chiqargan ko‘z» (Isfahoniy).
Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilindi: «u kishi aytdi: Men Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan beixtiyor, to‘satdan sodir bo‘lgan nazar xaqida so‘radim. Ul zot javob berdilar: Ko‘zingni olib qoch. Davom etma» (Muslim).
Burayda roziyallohu anhudan marfu’an rivoyat qilindi: «Hoy Ali birinchi nazarga ikkinchisini ergashtirma. Chunki birinchisi sen uchun (Yani beixtiyor bo‘lgani uchun unga javobgar emassan) ikkinchisi esa seni ziyoninggadir» (Abu Dovud. Termiziy). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar