Tarmoqli savdo

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, tarmoqli savdo mumkin emasligini bilamiz.  «Ganoderma» «gano» degan firma bor ekan. Qizil qo‘ziqorindan dori ishlab chiqarishar ekan. U erda ishlovchilar bu mumkin va shayx hazratlari ruhsat berganlar, ko‘p namozxonlar ichadi deyishadi. Ruxsat berganlar bu silai rahm sistemasi deb aytishdi. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarmoqli marketing qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar va uni nima deb nomlasalar ham, uni ichida kimlar ishlasalar ham faoliyati shar’an joiz bo‘lmaydi. “shayx hazratlari ruhsat berganlar”dan kimni nazarda tutganligi noma’lum. Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh buni joiz demaganlar. Mahsulotlar shar’an halol yoki muboh bo‘lsa mahsulotini iste’moli joiz, ammo tarmoqli marketingda ishlash shar’an joiz emas. Namozxonlarni u erda ishlashi uni joizligiga dalolat qilmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar