Yosh bola qazo namozi

Assalamu alaykum! Men 12 yoshdaman. Namoz o‘qishni o‘rganganimga 1 yarim oycha bo‘ldi. Menda ham ko‘p yillik qazo namozi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shar’iy balog‘atga etganingizdan keyin qoldirgan bo‘lsangiz qazolarini o‘qing. Agar hali balog‘atga etmagan bo‘lsangiz sizda qazolar yo‘q. Bundan keyin namozga mustahkam bo‘ling va hamma namozlarni o‘z vaqtida ado qilishga harkat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 214 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar