Quloqda yara chiqsa

Assalomu alaykum! Men 5 vaqt namoz o‘qiyman, Allohga shukur meni ishim bois taxoratni ko‘chada chekaroqda qilaman. Xuftonni xam jamoat bilan o‘qish uchun uydan taxorat olib yugurib ketaman, sovuqdan qulog‘imga yara chiqdi, juda qattiq shamollatib qo‘yibman. Hozir judayam qiynalib taxorat olyapman savolim shuki men taxorat olayotganda qulog‘imni ichiga suv olmasam xam bo‘ladimi? Bu albatta vaqtincha, uzrli sabab bo‘lganligi uchun sog‘ayib ketganimcha, chunki og‘riq judayam qattiq azob beryapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshqa vaqtda ham quloq ichiga suv olish shart emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 166 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar