Savob yoki gunoh

Assalomu alaykum! Bir insonga sadaqa sifatida yordam berilsa, lekin u inson sadaqaga berilgan pulni yomon yo‘lda ishlatsa, bu gunohi sadaqa bergan insonga ham yuklatiladimi? Bunday berilgan sadaqadan savobga umid qilinmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yomon yo‘lga ishlatishini bilib berilsa, gunohga yordam bergan hisoblanadi. Bilmasdan bersa, sadaqa qilganning savobiga ega bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar