Savdodagi karz ribomi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi kunda savdogarlar do‘konlarini to‘ldirish uchun qarzga mol olib, ularni sotib foydasini o‘ziga olib, qarzini qaytib berishi riboga kirib qolmaydimi? Jumaladan o‘zim ham do‘konga mol olib, ustiga pul qo‘yib sotaman. Mana shu haqida ma’lumot bersangizlar. Iltimos. Alloh taolo kilayotgan savob ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ish keng tarqalgan bo‘lsada, shariatga ziddir. Chunki shariat bu borada naqd savdo, nasiya savdo, ijaraga ishchi bo‘lib sotib berish muomalalarini joriy qilgan. Siz aytgan ish esa yuqoridagilarning hech qaysinisiga tushmaydi. Buning to‘g‘ri bo‘lishining yo‘li, olinayotgan mollarni ma’lum bir muddatga nasiya savdo sifatida olish kerak(og‘zaki tarzda sotilmay qolsa qaytarib berishni va’dalashishning zarari yo‘q). Yoki bo‘lmasam molini sotib berish uchun ishchi sifatida faoliyat yuritish kerak. Bunda molini sotib bergani uchun oz bo‘lsada ma’lum haqni tayin qilib oladi. Ya’ni “shunchadan sotib bersang faloncha xizmat haqi olib qolasan” deyiladi. Yoki “falonchadan ortig‘iga sotsang ham senga” deb kelishish ham joiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم اسْتَعْمَلَ رَجُلًا عَلَى خَيْبَرَ، فَجَاءَهُمْ بِتَمْرٍ جَنِيبٍ، فَقَالَ: أَكُلُّ تَمْرِ خَيْبَرَ هَكَذَا؟ فَقَالَ: إِنَّا لَنَأْخُذُ الصَّاعَ مِنْ هَذَا بِالصَّاعَيْنِ، وَالصَّاعَيْنِ بِالثَّلَاثَةِ، فَقَالَ: لَا تَفْعَلْ، بِعِ الْجَمْعَ بِالدَّرَاهِمِ ثُمَّ ابْتَعْ بِالدَّرَاهِمِ جَنِيبًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini Xaybarga vakil etib tayinladilar. Bas, u yaxshi xurmo keltirdi. «Xaybarning hamma xurmosi shundaymi?» deb so‘radilar. «Biz bundan bir so’sini ikki so’ga va ikki so’sini uch so’ga olamiz», dedi vakil. «Unday qilma! Yomonini dirhamga sotib, yaxshisini dirhamga sotib ol», dedilar u zot». Sharh: Bu rivoyatdan ma’lum mintaqaga moliyaviy ishlar bo‘yicha vakil tayin qilish kerakligi anglashilmoqda. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xurmoni xurmoga almashtirish ribo bo‘lganligi uchun bir navini sotib, uning puliga bosh¬qa navdan sotib olish kerakligini vakilga uqdirmoqdalar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Ushbu hadisda niyat va ish yuritishni ozroq o‘zgartirish ila bir noshar’iy ish shariatga muvofiq bo‘lishiga ishora bordir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat