Ziyoratgox haqida

Assalomu alaykum! Men izlash xizmatidan savolimga to‘liq javob topaolmadim shuning uchun savol yo‘llayapman onamning aytishicha otam yani onamning dadasi bir ziyoratgoxga doim borib turarkan otam raxmatli bo‘lganlar tog‘amning qizi 6 yildan buyon farzandli bo‘lmayapti tog‘amning qizini aytishicha otam rahmatli uning tushiga kirib u bilan qo‘y etaklab o‘sha ziyoratgoxga ketayotgamish bu hol 3 kun takrorlanibdi. Onamning aytishicha shu ziyoratgoxga borib qurbonlik exson qilsa farzandli bo‘larmish men u qurbonlikni kimga bag‘ishlaydi deb so‘rasam Xudo yo‘liga xudoyi qiladi va bazi narsalarni exson qiladi dedi aytingchi shu niyatni uyda qilsa bo‘lmaydimi? Shu yoqqa borish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 154 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar