Saf tortish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, masjidlarda farz namozi tugagach, jamoat sunnat namoziga tura boshlaydi. Shu holatda ba’zi kishilar safdan bir oz oldinroqqa (20-30sm) chiqib olishni xush ko‘rishadi. Savolim: Shu holatda safni buzib oldinroqqa chiqish durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنِ الْمُغِيرَةِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا يُصَلِّ الْإِمَامُ فِي الْمَوْضِعِ الَّذِي صَلَّى فِيهِ حَتَّى يَتَحَوَّلَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Imom namoz o‘qigan joyidan boshqa joyga o‘tmay turib, namoz o‘qimaydi», dedilar».Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Ya’ni, imom sunnat namozni farz namozni o‘qigan joyidan boshqa joyga o‘tib o‘qiydi. Shuningdek, boshqa namozxonlar ham joylarini o‘zgartirib o‘qiganlari afzal. Chunki har bir namoz o‘qilgan joy, uning tepasidagi osmon qiyomat kuni namozxon foydasiga guvohlik beradi. Kishi qancha ko‘p joyda namoz o‘qisa, guvohlari shuncha ko‘payadi. U o‘lgan kuni o‘sha er va osmonlar yig‘laydilar.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ إِذَا صَلَّى أَنْ يَتَقَدَّمَ أَوْ يَتَأَخَّرَ أَوْ عَنْ يَمِينِهِ أَوْ عَنْ شِمَالِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz namoz o‘qib bo‘lganida oldinga, orqaga, o‘ng yoki chap (tomon)ga qimirlashdan ojiz bo‘ladimi?» dedilar».
Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadis ham oldingisini ta’kidlab, ushbu hukm faqat imomga emas, balki hammaga taalluqli ekanligini bildirmoqda. «Ikki namoz orasini biror narsa bilan bo‘lish kerak», degan gap ham shundan kelib chiqqan. Ya’ni ba’zi ulamolarimiz «Bir namozini o‘qib bo‘lib, ikkinchisini boshlashdan oldin biror harakat, hech bo‘lmasa gap bilan bo‘linish hosil qilmoq kerak», deydilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar