Islomuz huquqi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga murojaatim ahamiyatli, hazrat hozirgi ommaviy Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida sizning kitoblaringiz, ijodlaringizdan ma’lumotlar ko‘chirilib turli xil guruhlar ochilmoqda: Oltin Silsila, Hadis va Hayot, Islom.uz, oilam.uz va yana shunga o‘xshash guruhlar ochilib, sizning video va mp3 laringiz guruhlarga yuklanmoqda. Mualliflik huquqini alhamdulillah tushinib etishimga sababchi bo‘lgan inson sizsiz. Shuning uchun sizga shu tarmoqda bo‘layotgan ishlarga o‘zingizni izohingizni berishingizni so‘rab murojaat qilyabman. Hazrat yuqoridagi fikrlarim mulohazalarim uzun bo‘lib ketgani uchun uzr so‘rayman, savolni qisqarog‘i: Sizning video va rasmlaringizni Islom.uz saytiga taalluqli bo‘lgan barcha saytlaringizdan ma’lumot olib va sizning kitoblaringiz nomini qo‘yib odnoklassniki saytida guruh ochib joylashtirsak bo‘ladimi? Shayx hazratlari javobingizni odnoklassniki saytiga joylashtirishimga ruxsat berasizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu haqda odamlarimiz ko‘rsatma olishgan. Ular kerakligicha ogohlantirishadi.

26 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar