Allohga bo‘lgan ishonch

Assalomu alaykum! Ikki oydan beri tobim yo‘q. Do‘stlarim “doktorga bor” deyishyapti, o‘zim chet eldaman. Agar men shifokorga borsam, Qur’ondagi “Qur’on bilan shifo toping” degan oyatga ishonmaslik bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم وَأَصْحَابُهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُؤُوسِهِمُ الطَّيْرُ، فَسَلَّمْتُ ثُمَّ قَعَدْتُ، فَجَاءَ الْأَعْرَابُ مِنْ هَاهُنَا وَهَاهُنَا، فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ أَنَتَدَاوَى؟ قَالَ: تَدَاوَوْا، فَإِنَّ اللهَ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلَّا وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ Usoma ibn Shariyk roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelsam, u zotning sahobalari xuddi boshlarida qush uchib yurgandek o‘tirishgan ekan. Salom berib, o‘tirdim. U yoqdan, bu yoqdan a’robiylar kelishdi va: «Ey Allohning Rasuli, davolanaylikmi?» deyishdi. «Davolaninglar, chunki Alloh qaysi bir dardni bergan bo‘lsa, albatta, uning davosini ham bergan. Faqat bir dard – qarilikdan boshqasini», dedilar». «Sunan» egalari sahih sanad ila rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu rivoyatdagi «U zotning sahobalari xuddi boshlarida qush uchib yurgandek o‘tirishgan ekan», degan jumlaning ma’nosi «Ustida yirtqich qush uchib yurganda jim bo‘lib qolgan ba’zi parrandalar kabi qimir etmay, jim holda o‘tirishgan ekan», deganidir. Bu hadisi sharifda ham avvalgi ma’no ta’kidlanmoqda, faqat qarilikning davosi yo‘qligi qo‘shib qo‘yilmoqda. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 147 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar