Murobaha
[quote author=hikmet1001 link=topi’=25813.msg142663#msg142663 date=1315830058] Assalomu alaykum hurmatli Ustoz - Shayx Xazrlatlari! Islomga xizmat qilaman deb ushbu saytga ajratgan har bir soniyangiz uchun Alloh Sizga behisob ajru-savoblar yozsin! Alloh Islomni ustun qilsin! Amin.Xurmatli Shayx xazratlari! Bir mavzuda berayotgan savollarim uchun uzr so‘rayman. Noshar‘iy ish qilib qo‘yishdan qo‘rqaman.Uzoq muddatga avtomashina sotishni niyat qilyapman. Avtomashina kerak bo‘lgan odam (xaridor), bozordan o‘ziga yoqqan mashinani tanlaydi. Men mashinaning narxini mashina egasiga to‘lab, o‘zimning nomimga xujjatlashtiraman. Keyin xaridorga mashinani uzoq muddatga sotaman. U odam birinchi kattaroq summani to‘laydi keyin xar oyda muayyan summani to‘lab boradi. Mashinani o‘zimga sotib olib, xaridor tomonidan to‘lovlar amalga oshirilishidan oldin, yani xaridor bilan uzoq muddatga sotishga shartlashganda, mashinani uning nomiga rasmiylashitirib berishim kerakmi yoki xaridor oxirgi to‘lovni amalga oshirgandan keyin ham rasmiylashtirib bersam joizmi? Chunki xaridor savdoning shartlariga rioya qilmasdan, to‘lovlarni amalga oshirmay mashinani o‘ziniki qilib olish ehtimoli bor va bu ehtimol katta.Javobingiz uchun oldindan raxmat. Alloh Sizdan abadiyan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oxirida nomiga o‘tkazib bersangiz ham bo‘ladi.
4 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 164 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oxirida nomiga o‘tkazib bersangiz ham bo‘ladi.
4 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 164 | Islam