Misvok olib yurish haqidagi javobga
Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari men 7307-savolga berilga javob yuzasidan murojaat qilyapman. Ya’ni oxirgi jumla "yonida misvok olib yursa" buni qanday xususiyati yoki hikmati bor? Ishonamanki qandaydir dalilga suyangansiz lekin, xalqimiz orasida sizni kuzatib boruvchilar ko‘p, johillarimiz esa buni shirkiy amalga ham aylantirib olishlik ehtimoli mavjud. Shu boisdan yuqoridagi jumlani batafsilroq yoritib berishingizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ruqiya o‘quvchilarning tavsiyasi. To‘g‘ri tanbeh baribsiz, johil insonlar yonimdagi misvak shaytonlardan meni saqlaydi degan tushunchaga borib qolishlari mumkin. Tashakkur. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush