Buni gunohligini bilaman…
Assalomu alaykum! Men juda katta qarz bilan, har kuni undan olib bunga berib, bir kunim o‘tganiga ilojsiz ko‘nib yuribman. Bu gunoh ishni to‘xtatishga moliyaviy qudratim etmaydi. Yaqinlarim ham qarzga beradi, keyin ularga ham undan-bundan topib beryapman. Sudxo‘rlardan pul olishga majburman, ularga to‘layotgan foizlarim kundan-kun oshib borayapti. Iltimos, bu gunoh ishni to‘xtatishga yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz qarzni uzishni ham sudxo‘rlardan pul olishni ham to‘xtatib, biror joyda ishlab, qarzni uzishga harakat qiling. Alloh taolo “Baqara” surasi 275-276-oyatida marhamat qiladi : الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لاَ يَقُومُونَ إِلاَّ كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُواْ إِنَّمَا الْبَيْعُ مِثْلُ الرِّبَا وَأَحَلَّ اللّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا فَمَن جَاءهُ مَوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّهِ فَانتَهَىَ فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللّهِ وَمَنْ عَادَ فَأُوْلَئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ 275. Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo‘lgan kishidek turarlar. Bu ularning «Tijorat ham riboga o‘xshash-da», – deganlari uchundir. Holbuki, Alloh tijoratni halol qilgan, riboni esa harom qilgan. Bas, kimki Robbidan mav’iza kelganda to‘xtasa, avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga havoladir. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o‘shalar olov sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar. Bizning tilimizda «ribo» so‘zi sudxo‘rlik deb tarjima qilib kelingan. Yaxshiroq tushunish, ma’noning Qur’oni Karimdagiga yanada yaqinroq bo‘lishi uchun aytish kerakki, arab tilida «ribo» so‘zi «ziyoda bo‘ldi», «ko‘paydi» degan ma’nolarni anglatadi. Shariatda esa qarz beruvchi qarzdordan ma’lum vaqt muqobiliga asl mol ustiga oladigan ziyoda ribodir. Riboning naqadar yomon narsa ekanini kishilar ongiga avval boshdan yaxshilab o‘rnatish maqsadida oyati karima sudxo‘rning qiyomatdagi holini bayon qilish bilan boshlanmoqda. Qiyomatdagi har bir odamning sirtki holidan ishi qanday ekani bilib olinadi. Xuddi o‘sha kuni odamlar qabrlaridan turayotganlarida, sudxo‘rlar albatta o‘zlariga xos bir holatda turar ekanlar. Ularning qabrdan turishlarini ko‘rganlar hech kim tanitmasa ham, «Anavilar sudxo‘rlar», – der ekan. Ularning bu holini oyati karima quyidagicha vasf qiladi: «Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo‘lgan kishidek turarlar». Ya’ni ularning o‘zlarini tutishlari sog‘-salomat, aqlli kishilar kabi bo‘lmaydi. Odatda jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va noto‘g‘ri harakat qiladilar. Dovdirab, o‘zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Sudxo‘rlarda ham ana o‘sha holat bo‘lar ekan. Ba’zi tafsirchilarimiz «Sudxo‘rlarning bu holatlari faqat qiyomat kuniga bog‘liq emas, balki bu dunyoda ham shunday bo‘ladi», – deganlar. Ularning bunday ayanchli holatga tushishlarining sababi kelgusi jumlada bayon qilinadi: «Bu ularning «Tijorat ham riboga o‘xshash-da», – deganlari uchundir». Sudxo‘rlar «Ribo halol», deb e’tiqod qiladilar va uni tijoratga o‘xshatadilar. Tijoratda moliyaviy muomala ortidan foyda kelganidek, sudxo‘rlikda ham foyda keladi, deb o‘ylaydilar. Boz ustiga, ularning «Tijorat ham riboga o‘xshash-da», – deyishlaridan «Ribo aslida halol qilingan narsa, tijorat ham unga o‘xshab, halol qilingan» degan ma’no kelib chiqmoqda. Vaholanki: «…Alloh tijoratni halol qilgan, riboni esa harom qilgan». Chunki tijoratda foyda ko‘rishning ham, kuyib qolishning ham ehtimoli bor. Tijoratda insonning mehnati, mahorati, atrofdagi tabiiy holatlarning foyda ko‘rish yoki zarar tortishga ta’siri bor. Savdogar foyda ko‘rishga umid qilish bilan bir vaqtda kuyib qolishni ham bo‘yniga olgan holda ish boshlaydi. Mehnat qilib, odamlarga kerakli mollarni olib keladi, saqlaydi va boshqa xizmatlarni qiladi. Sudxo‘r-chi? U hech narsa qilmay, joyida o‘tiradi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, foyda olishi muqarrar. Kuyib qolish xavfi yo‘q. Mazkur sabablarga va yana zikr qilinmagan boshqa sabablarga ko‘ra, tijorat inson hayotida qo‘llanishga halol, sudxo‘rlik esa harom qilingan. Ushbu oyati karimalar nozil bo‘layotgan paytda ko‘p moliyaviy muomalalar ribo asosida yuritilar edi. Shuning uchun ushbu oyati karimadan kelib chiqqan hukmdan avvalgi ishlar o‘z holicha qoldirildi. Aks holda avvalgi iqtisodiy aloqalarning hammasini qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelardi. «Bas, kimki Robbidan mav’iza kelganda to‘xtasa, avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga havoladir». Ya’ni Alloh riboning hukmini bayon qilgandan keyin riboviy muomalalardan to‘xtasa, eski ishlari o‘ziga, u muomalalarni qayta ko‘rishga hojat yo‘q. O‘tgan davrdagi muomalalari Allohga havola: xohlasa kechib yuboradi, xohlasa iqobiga oladi. «Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o‘shalar olov sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar». Alloh taolo tomonidan riboning haromligi haqida oyat kelganiga ham qaramay, kimki yana riboga qaytsa, unday odam albatta do‘zaxiy bo‘ladi, do‘zaxiy bo‘lganda ham, undan hech qachon qaytib chiqa olmaydigan, abadiy qoladigan do‘zaxiy bo‘ladi. Kelasi oyatda sudxo‘rlikning kasofati faqat oxiratdagina emas, balki bu dunyoda ham urishi eslatiladi: يَمْحَقُ اللّهُ الْرِّبَا وَيُرْبِي الصَّدَقَاتِ وَاللّهُ لاَ يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ 276. Alloh riboni nobud qilur va sadaqalarni o‘stirur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni suymas. Bandalar pul-mollari ziyoda bo‘lishi uchun riboxo‘rlik qiladilar va o‘zlariga kelgan foydani sanab yuradilar. Aslini olganda, ishi buning teskarisi bo‘ladi.Chunki: «Alloh riboni nobud qilur». Sudxo‘rning puli hisob jihatidan ko‘p bo‘lsa ham, Alloh uning barakasini ko‘tarib, egani o‘ziga yuqmaydigan qilib qo‘yadi. Sudxo‘rni turli kasalliklarga duchor qiladi, tinchligini, xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan ko‘p balo-ofatlarga duchor qiladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom