Vadamni echishni iloji bormi

Assalomu alaykum! Yoshim 18 da va men Alhamdulillah namoz o‘qiyman, dinimizga bo‘lgan qiziqishim kuchli. Men avval gunox ish qilgandim va uni gunox ekanini bilgach Allohga vada bergandim ammo yana u ishni qilib qoydim ming afsus Ustozlar men kecha yana Allohga vada berdim u ishni qaytib qilmayman deb ammo bu so‘zni mas’uliyati kotta ekani haqida o‘ylab ko‘rdim Avvallari ko‘p qilardim va kechirim so‘rardim ammo vada bergach tavba namozlari ham o‘qiyotgandimyu Hozir yana tavba qilib vada berganimdan keyin bilmay osha gunohni qilib qo‘ysam men kafforat yoki 3 kun ro‘za tutishim kerak, men tavbamni biron amal bilan qaytarib olsam bo‘ladimi? Alloh oldida vadamni buzib o‘zim juda siqilib qolayabman, Alloh bizga bergan biron vadasini bajarmay qo‘ymayabdiku deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi bergan va’dasiga sodiq bo‘lishi kerak. Bergan va’dangizni kafforoti yo‘q. Unga amal qilishingiz kerak. Kafforot qasamda bo‘ladi. Sizning bu va’dangizni buzganingiz uchun tashvish qilishingiz, nadomat chekib tavba qilishingiz yaxshilik alomatidir. Chunki odam bolasi borki xato qiladi. Xato qilmaslikning imkoni yo‘q. Xato qilganlarni yaxshilari esa tavba qiluvchilardir. Siz ham va’daga vafo qiluvchi va quyidagi hadisdagi kabi tavba qiluvchi bandalardan bo‘lishga harakat qiling.أنس رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: كل بني آدم خطاء وخير الخطائين التوابون Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollalohu alayhi vasallam:
«Har bir Odam bolasi xatokordir va xatokorlarning yaxshisi tavba qiluvchilardir», dedilar».
Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar