Shar’iy to‘y qanday bo‘ladi

Assalamu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Bilamizki O‘zbekiston hududida to‘y marosimlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Ammo ming afsuski bu to‘y marosimlarining deyarli barchasi bid’at va har xil noshar’iy ishlar bilan bilan to‘lib yotibdi. Lekin hozirgi kunda shar’iy to‘y qanday qilish haqida juda ko‘pchilikda ilm yo‘q. Bu esa achinarli holdir albatta. Mening ham qiziqtirayotgan mavzu shu. Sizlardan iltimos hozirgi kunda O‘zbekiston hududida shar’iy to‘y marosimini qanday o‘tkazish joiz? Umumam olganda shariat hukmi nima? Haqiqatki hozir shu to‘y qiyinlashgani sababli zino avjiga chiqmoqda. Ko‘p yigit va qizlar turmush qurish yoshiga etib, lekin to‘y qilishga imkonlari bo‘lmagani sababli harom ishlarga qo‘l urishmoqda. Iltimos bu masalaga keng va aniq tushiniladigan qilib javob bersangiz. Hadis va oyatlarni ham keltirib, o‘zimizdagi sharoitni ham hisobga olib javob bering iltimos. Bu juda katta mavzu. Agar biror kitoblar bo‘lsa tavsiya qilib o‘ting. Vaqtingizni olganim uchun uzr. Agar savol berish odoblaridan chiqib ketgan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Baxtiyor oila” kitobini olib o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar