Niyat masalasi

Assalomu alaykum! Niyat masalasida ikkita savolim bor edi. Qidirishdan topolmadim. 1-savol: Agar kishi ko‘nglida yaxshi, ezgu niyatlar qilib turgan bo‘lsa-yu, lekin so‘z boyligining kamligi, gapga no‘noqligi tufayli lafzda ya’ni ovoz chiqarib o‘sha niyatini biroz o‘zgartirib aytib qo‘ysa, (ilmsizligi tufayli ma’nosi o‘zgarib ketsa) bunda unga gunoh yo‘qmi? 2-savol: Ba’zan tahorat olishga unitazi bor hojatxonadan boshqa joy topilmaydi. Ma’lumki u erda chelakda qog‘ozdagi najosatlar ko‘rinib turadi. Shunda men hech bir gap-so‘zni jahriy aytmay, ichimda tahoratga niyat qilib, tahorat olaman va tashqariga chiqib tahoratdan keyingi duoni o‘qiyman. Shu ishim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yo‘q.2). Durust. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 272 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar