Bexosdan kelgan o‘lim
Assalomu alaykum! Bexosdan o‘lish to‘g‘risida ma’lumot bersangiz. Masalan kasal bo‘lmagan, tuppa tuzuk o‘tirgan odam bexosdan olamdan o‘tsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Munafiqun” surasi 11-oyatida marhamat qiladi : وَلَن يُؤَخِّرَ اللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَاء أَجَلُهَا وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Va Alloh nima amal qilayotganingizdan o‘ta xabardordir. Oqil kishi boshiga o‘lim kelmasidan avval xayrli ishlarni ko‘proq qilib qolishga intiladi va shunday bo‘lishi ham lozim. Chunki Alloh taolo har bir gapu ishdan xabardor Zotdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). عَنْ بُرَيْدَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: الْمُؤْمِنُ يَمُوتُ بِعَرَقِ الْجَبِينِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min peshona teri bilan o‘ladi», dedilar». Termiziy, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilganlar. Sharh: Ya’ni, o‘lim shiddatidan va Robbidan o‘ziga berilgan bashoratlardan xijolat bo‘lganidan mo‘minning peshonasi terlab ketar ekan. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ نَفْسَ الْمُؤْمِنِ تَخْرُجُ رَشْحًا، وَلَا أُحِبُّ مَوْتًا كَمَوْتِ الْحِمَارِ. قِيلَ: وَمَا مَوْتُ الْحِمَارِ؟ قَالَ: مَوْتُ الْفَجْأَةِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ: مَوْتُ الْفَجْأَةِ أَخْذَةُ أَسَفٍٍٍ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning joni (ter) tomchisi bilan chiqadi. Eshakning o‘limiga o‘xshash o‘limni yoqtirmayman», dedilar. «Eshakning o‘limi nima?» deyildi. «To‘satdan o‘lish», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Abu Dovudning rivoyatida: «To‘satdan o‘lish g‘azabla olishdir», deyilgan. Sharh: Ushbu hadisi sharifdan mo‘min kishining o‘limi oldidan uni his qilib, jismida ba’zi bir ter chiqishiga o‘xshash alomatlar paydo bo‘lib, so‘ngra jon taslim qilishi yaxshilik alomati ekanligi bilinadi. Ulamolarimiz bu haqdagi ma’lumotlarni jamlaganlaridan so‘ng qilgan mulohazalariga qaraganda, o‘limdan oldin bemorlik tortgan afzal ekan. Chunki bemor bo‘lgan odam tavba qiladi, o‘limiga tayyorgarlik ko‘radi, vasiyat qiladi va hokazolar. Hadisi sharifda to‘satdan bo‘ladigan o‘limning eshakning o‘limiga o‘xshatilishi kofir shaxsga nisbatan aytilgan gapdir. Bu ma’noni imom Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan quyidagi hadisi sharifdan bilib olamiz: «To‘satdan o‘lish mo‘min uchun rohatdir, fojir uchun g‘azabdir». Alloh taolo mo‘min holimizda o‘lishni barchamizga nasib etsin. Omin! ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar