Shirk va qotillik qilgan noumid bo‘lish kerakmi?

Assalomu alaykum! Odam ataylab shirk, qotillik, zino qilsa jannatdan noumid bo‘lish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo noumid bo‘lmaslik kerak. Gunohdan ham og‘ir bir gunoh bor. U Allohning mag‘firatidan noumid bo‘lishdir. Jon tomoqqa tiqilgunicha tavba eshiklari ochiqdir. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ يَقْبَلُ تَوْبَةَ الْعَبْدِ مَا لَمْ يُغَرْغِرْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki banda g‘arg‘ara holiga borib qolmagan bo‘lsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Jon halqumga kelmasdan avval tavba qilib qolmoq lozim. Undan keyin kech bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar