Xusni Hulq

Assalomu alaykum! Juma mavizalaridan bilishimcha «Husni-xulq» qilayotgan ibodatlarimiz qabul bo‘lishini tezlashtirar va uni har bir musulmon banda o‘zida shakllantirish kerak ekan. Inshaaloh men ham xulqim chiroyli qilish niyatim bor. Shunga qaysi kitoblarda «Husni-xulq» haqida yozilgan? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalambor «Husni-xulq» aslida nima ekanligini tushunib olishimiz kerak. bu borada har kimning o‘lchovi turlichadir. Shariatimizda esa «Husni-xulq» bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari esa Qur’on bo‘lgan. Shuning uchun Qur’onning tafsir va tarjimalarini ko‘proq o‘qib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir sunnatlarini yaxshilab o‘rganib, uni hayotimizga tatbiq qilishimiz «Husni-xulq»dir. Ruhiy tarbiya va siyratga oid kitoblarni o‘qing.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 141 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar