Tasbeh qaytarish

Assalomu alaykum! Namozdan keyin tasbeh qaytarishda barmoq bo‘g‘inlarini sanab tasbeh qaytarsa bo‘ladimi yoki alohida tesbehda  olib tasbex bilan birga tasbex tushirish kerakmi javobingiz uchun oldindan Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisi ham joiz. عن عبد الله بن عمرو بن العاص رضي الله عنهما " رأيت رسول الله صلى الله عليه وسلم يعقد التسبيح بيمينه " رواه أبو داود والبيهقي Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tasbehlarni o‘ng qo‘lda sanayotganlarini ko‘rdim". Abu Dovud va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:38 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar