Sahoba
Assalomu alaykum! Hazratning «Hadis va Hayot» kitobining 22-juzi (117-bet)da fitnachi Yaziyd ibn Bishr Usmon r. a.ga Badrda qatnashmaganliklarini ayb qilganligi haqida yozilgan. Vaholanki, Payg‘ambarimiz s.a.v. Usmon r. a.ga Badrga bormay ayoli Ruqayya r. a.ga (xastaligi tufayli) qarashlarini buyurganlar. Rasululloh s.a.v. Usoma ibn Zayd r.a.ni ham Badrga olib ketmagan ekanlar, bunga nima sabab bo‘lgan? (Bu haqda «Hadis va Hayot»ning 24-juzidan ma’lumot topolmadim).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kichik yoshda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janga chiqishga ruxsat bermaganlar. Bu kishidan tashqari yana 17 ta atrofidagi sahobalar ham Badrda qatnashmaganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 135 | Siyrat va tarix