Ochiq erda azon va takbir aytib namoz o‘qiganda

Assalomu alaykum! Bir ma’lumot haqida eshitdim. Saraxsiyning "Mabsut" kitobida quyidagicha yozilgan ekan. "Kim ochiq erda azon va iqomat aytib namoz o‘qisa mag‘rib va mashriq orasidagi farishtalar u bilan qo‘shilib namoz o‘qiydilar. Azon va iqomat aytmay namoz o‘qigan kishi bilan esa faqat ikki farishta namoz o‘qiydilar". Shu to‘g‘ri ma’lumotmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. عنْ سَلْمَانَ الْفَارِسِيِّ ـ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا كَانَ الرَّجُلُ بِأَرْضِ قِيٍّ أي فلاة ـ فَحَانَتِ الصَّلَاةُ، فَلْيَتَوَضَّأْ، فَإِنْ لَمْ يَجِدْ مَاءً، فَلْيَتَيَمَّمْ، فَإِنْ أَقَامَ صَلَّى مَعَهُ مَلَكَاهُ، وَإِنْ أَذَّنَ وَأَقَامَ، صَلَّى خَلْفَهُ مِنْ جُنُودِ اللهِ مَا لَا يُرَى طَرَفَاهُ. رواه الطبراني في الكبير وعبد الرزاق في المصنف  Solmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qaysi kishi biror joyda(sahro kabi keng joyda) bo‘lsa, namoz vaqti kirib tahorat olsa, suv topa olmasa tayammum qilsa va namozga tursa u bilan birga ikki farishta namoz o‘qiydi. Agar azo va iqomat aytib namoz o‘qisa ikki tarafi ko‘rinmaydigan darajada Allohning askarlari u bilan birga namoz o‘qishadi” dedilar.
Tabaroniy va Abdurrazzoqlar rivoyati. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar