Savdolashish

Assalomu alaykum! Men xavfsizlik tizimlariga xizmat ko‘rsatish soxasida faoliyat yuritaman. Mijoz bilan xavfsizlik tizimlarini o‘rnatishga savdolashganimda, kerakli uskunalarni narxini do‘kondan qimmatroq aytib savdolashishim joizmi? Odatda bu vaziyatni biz kafolat uchun deb bilamiz. Lekin mijozlar keyinchalik bizdan uskunalarni do‘kondan qora qimmat olishganini bilishsa ranjishadi. Bundan xolat juda ko‘p jabxalarda kuzatiladi. Sizdan bu xolat dinimizga zid kelish kelmasligini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol ishlang baraka topasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar