Turistik agentlik ishlari

Assalamu alaykum! 1. Biz chet davlatlari uchun sayohat paketlarini sotamiz, har bir sotuvimiz uchun bizga sayohat tashkilotchilari tomonidan ma’lum % miqdorda haq to‘lanadi, shu ishimiz joizmi? 2. Ba’zida shu paketlar narxiga qo‘shimcha pul qo‘shib sotiladi, shunda bizga beriladigan foiz+o‘zimiz qo‘shgan pul holatda foyda qoladi, bu ishimiz joizmi? 3. Aviachiptalarni mijozlarga taklif qilamiz, rozi bo‘lishsa ularni nomiga biletni sotib olib beramiz, bunga haq olamiz, bu joiz bo‘ladimi? 4. Ba’zi davlatlarga kirishda sizda borish va qaytish biletingiz bo‘lishi kerak bo‘ladi, shunda biz mijozga uchishiga oz vaqt qolganda qaytish biletini bron qilib beramiz, qaytishga bilet olmasdan turib bron bilan registratsiyadan o‘tadi, u bron biletni keyin hohlasa sotib oladi yoki otkaz qilsa bo‘ladi, shu ishlar joizmi? Savollarimiz javobini topib risqimizni halol qilishni niyyat qilganmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizlar o‘sha sayohat tashkilotchilarning vakili o‘laroq ulardan ish haqi olib savdo qilib berar ekansizlar. Bu joiz.2). Joiz emas. O‘sha qo‘shimcha pul sayohat tashkilotchilarnikidir. Ularga qaytarib beringlar.3). Aviachiptaning narxi va sizning xizmat haqingiz qanchaligini mijozga aytishingiz shart. Agar aviakompaniyaning agenti yoki subagenti bo‘lsangiz ular bilan qilgan kelishuvingizga ko‘ra savdo qilaverasiz.4). Makr qilish halol emas. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2023, 00:09 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar