Kelinlarni uz vaktida uylariga yuborishmasa nima kilish kerak?

Mexribon va raximli ollox nomi bilan boshladim !Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatux.1) Oddatda kelinlar uyiga xar 15 kunda keladi, 1 oyilada kaynona kelinga zulim utkazib yoki kiyoov xar-xil boxanalar b-n uyida olib kolvotkan ekan, shunda kelinni vazifasi va Ota Onani vazifasi nimadan iborat? Kanday maslaxat berasiz?2) Nikox siz 2 yosh zino kilib kiz xomilador bulib kolibti, bir kancha vaktdan kegin bola kizni uz nikoxiga oldi shunda farzand nikoxsiz tugilgan xisoblanadimi yoki yukmi? Oldindan raxmat, Ollox sizdan rozi bulsin !!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Kelinga har hafta bir marta ota-onasining ziyoratiga ruxsat berilishi shart. Bu ishni qilmaganlar zulm qilgan bo‘ladi.2. - Bola zinodan bo‘lgani borligi shubhasiz. Bola ularning bolasi bo‘laveradi va zinoning gunohi soqit bo‘lmaydi.

28 Aprel 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar